“Muvaffaqiyatli islohotlar — yuqori natijalar” mavzusida kasbiy rivojlanishga bag’ishlangan seminar-trening uyushtirildi
Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 81-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Uchtepa va Chilonzor tumani maktab direktorlari uchun “Muvaffaqiyatli islohotlar — yuqori natijalar” mavzusida kasbiy rivojlanishga bag’ishlangan seminar-trening uyushtirildi.
Trening maktab rahbarining liderlik qobiliyatini oshirishga, ta’limda ko’zda tutilgan islohotlarni amalga oshirishda rahbarning o’rni, islohotlar mazmunini maktab jamoasiga yetkazish, tajriba almashish muhitini yaratishga qaratilgan bo'lib, unda mahoratli pedagoglar tomonidan mahorat saboqlari o'tkazildi.
