Toshkent shahar Uchtepa tuman 106-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabimizda har yili 21 dekabr - Texnik xodimlar kuni sifatida nishonlanib kelinadi


Uchtepa tumanidagi 106-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati tashabbusi bilan 10 yildan beri har yili 21 dekabr — Texnik xodimlar kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
An’anaga aylangan mazkur tadbirda maktabda o‘quvchilarning bekam-u ko‘st va qulay shart-sharoitlarda ta’lim olishlari uchun mehnat qilayotgan muassasa farroshlari, bog‘bonlar, santexniklar va boshqa xodimlar xizmati e’tirof etiladi.
Jumladan, bugun ham shunday bo‘ldi. Maktab ma’muriyati pedagoglar va o‘quvchilar jamoasi ularni sovg‘alar, gullar bilan qarshi oldilar. Bundan texnik xodimlar ham, maktab jamoatchiligi ham behad mamnun bo‘lishdi.


Смотреть все