Qadrli o‘quvchilar!
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda GIZ hamkorligidagi "TexVET Career" loyihasi doirasida tashkil etilayotgan “Mening kasbiy taʼlimim” chellenjida ishtirok eting va qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiriting.
✅ Buning uchun 1 daqiqalik kreativ video suratga oling va unda kimligingiz, qaysi yoʻnalishda oʻqiyotganligingiz, kasbingiz sizga nimasi bilan yoqishi, kelajak maqsadlaringiz haqida aytib oʻting.
➖ Eng muhimi, nima qila olishingizni koʻrsating (chizma, tikilgan koʻylak, taʼmirlangan avtomobil, dizayn, sartaroshlik — oʻzingiz bajargan ishingiz boʻlishi kerak)
👉 Tayyorlangan videoni joriy yilning 30-apreliga qadar #Meningkasbiytaʼlimim heshtegi ostida instagram ijtimoiy tarmogʻiga joylang va havolani ushbu manzil (https://t.me/VET_Uzbekistan) orqali bizga yuboring.
➖ Gʻoliblar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining layk va izohlari, ish beruvchi va loyiha ekspertlarining xulosasi asosida baholanadi.
⚡️ Gʻoliblar 30-aprel kuni eʼlon qilinadi va 1 nafar ishtirokchi iPad (eng zoʻr ishtirokchiga), 3 nafar ishtirokchi aqlli gadjet (ilhom, samimiylik va zoʻr koʻnikmalar uchun) bilan taqdirlanadi.